Tramp: Uchinchi jahon urushi Ukraina ustidan boshlanmaydi

16-oktabr, payshanba kuni Oq uydagi matbuot anjumanida so‘zlagan AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi global mojaroga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirdi. "Menimcha, bu Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin. Lekin bunday bo'lmaydi", - dedi Tramp.

AQShning amaldagi prezidenti Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanishida o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenning noto‘g‘ri siyosatini aybladi. "Ukraina Putinning diqqat markazida edi, lekin u [Tramp prezidentligi davrida – Tahr.] hech qachon bunday ishni qilmagan bo'lardi. Bu haqiqatan ham noto'g'ri qarorlar qabul qilingani uchun sodir bo'ldi", dedi Oq uy rahbari va lavozimga kirishgach, bu masalani "to'liq chalkashlik" deb topganini ta'kidladi.

Tramp, oʻz soʻzlari bilan aytganda, “faqat odamlarning ruhini saqlab qolish uchun” Ukrainadagi urushni tugatishga harakat qilmoqda. "Men buni biz uchun qilmayapman. Bizni okean ajratib turibdi (Yevropadan - Tahr.). Men ham Yevropaga yordam berish uchun qilyapman. Ular urush tugashini istashadi, lekin buni uddalay olishmayapti. Lekin men buni qila olaman. Oʻylaymanki, muvaffaqiyatga erishamiz va koʻp odamlarning hayotini saqlab qolamiz. Buni qilish kerak", - dedi AQSh prezidenti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101903 | Инструменты