AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan “savdo urushi” ijobiy yakunlanishiga umid bildirdi.
“Menimcha, bu holat ijobiy yakun topadi”, dedi u jurnalistlar bilan uchrashuvda. Amerika yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, u “Si Szinpin bilan doim juda yaxshi munosabatda bo‘lgan” va uni “juda yaxshi va juda aqlli yetakchi” deb atagan.
Bundan tashqari, Tramp AQSH dollari bugungi kunda xalqaro bozorda kuchli valyuta bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.
“Agar biror-bir davlat dollardan foydalanishni to‘xtataman desa, men sizga shuni ayta olamanki, dollardan foydalanishga qaytish uchun bir telefon qo‘ng‘irog‘i kerak bo‘ladi”, dedi u. “Menimcha, dollar dahshatli holatda, u har qachongidan ham kuchliroq”.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Tramp Xitoy bilan savdo kelishuviga ochiq ekanini aytgandi. Shu bilan birga, u Amerikaning Xitoyga nisbatan bojxona to‘lovi stavkasi 145 foiz darajasida qolayotganini tasdiqladi.
Tramp 2-aprel kuni 185 mamlakat va mintaqadan tovarlarga bojlarni eʼlon qilib, yirik savdo urushini boshlab yubordi. Xitoyga nisbatan bu ko‘rsatkich 34 foizni tashkil etdi. Bunga javoban Xitoy 10-aprel kuni barcha Amerika mahsulotlariga 34 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy qildi.
Keyin AQSH prezidenti Xitoy tomoni AQSH bilan savdo kelishuviga rozi bo‘lgunga qadar Pekinga 104 foiz tariflarni va’da qildi. Bu qarshi choralarga olib keldi: Xitoy AQSHga tariflarni 84 foizga oshirdi. O‘z navbatida, Tramp Xitoydan keladigan tovarlarga bojlar zudlik bilan 125 foizgacha oshirilishini e’lon qildi, shundan so‘ng, juma kuni Pekin 12-apreldan boshlab nosimmetrik javob choralarini e’lon qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41302 | Инструменты