Amazon studiyasi Donald Trampning rafiqasi Melaniya haqida hujjatli film chiqaradi. Variety nashri yozishicha, kartina ham kinoteatrlarda, ham striming servislarida namoyish etiladi.
Suratga olish ishlari 2024 yil dekabr oyida boshlangan, premerasi esa 2025 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan. Filmga Brett Ratner rejissyorlik qilmoqda.
Amazon vakili filmni Trampning uchinchi xotini va birinchi xonimga “misli ko‘rilmagan nazar bilan sahna ortidan qarash” deb ta’rifladi. Melaniya loyihaning ijrochi prodyuserlaridan biriga aylandi.
Melaniya Tramp 54 yoshda, u fotomodel, qo‘l soatlari va zargarlik buyumlari dizayneri. U 2005 yilda Donald Tramp bilan oila qurgan, 2017 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigacha AQShning birinchi xonimi bo‘lgan.
Brett Ratner amerikalik rejissyor va kinoprodyuserdir. 2017 yilda Ratner jinsiy zo‘ravonlikda ayblangach, Warner Bros. kompaniyasi u bilan hamkorlikni to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 5 noyabr kuni AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozondi. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Melaniya Tramp yana AQSh birinchi xonimiga aylanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10801 | Инструменты