Huawei 1
Trampning ukasi jiddiy tashxis bilan kasalxonaga yotqizildi

AQSh Prezidenti Donald Trampning ukasi Robert Tramp juma kuni Nyu-Yorkda "jiddiy tashxis" bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

Oq uy rahbari 72 yoshli ukasini ko'rish uchun shifoxonaga tashrif buyurdi.

Ukasining kasalligini prezidentning o'zi ham tasdiqladi, ammo nima kasal ekanligi sir tutilmoqda. Tramp o'z ukasini "ajoyib odam" deya atadi va u bilan munosabatlari juda yaxshi ekanini ta'kidladi.

"Umid qilamanki, u sog'ayib ketadi. Ammo hozir ahvoli yaxshi emas", - dedi Tramp.

Robert Tramp ilgari akasining Trump Organization nomli kompaniyasida boshqaruvchi lavozimida ishlagan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga