Trump Media aksiyalari millionlab zarar e'lon qilinganidan keyin 21 foizga tushib ketdi

Donald Trampning Truth Social ijtimoiy media kompaniyasi aksiyalari millionlab yo‘qotishlarni e’lon qilib, kelajakda moliyaviy majburiyatlarini bajarish uchun kurash olib borishini ma'lum qilganidan keyin 21 foizga arzonlashdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Gap 2023-yilda 58 million dollardan ko‘proq yo‘qotgan Trump Media & Technology Group haqida bormoqda. Bu Nasdaq birjasidagi debyutidan bir hafta o'tmasdan aksiyalarning keskin tushib ketishiga olib keldi.

Kompaniya aksiyalari 26-mart kuni savdoning birinchi kunida ko‘tarilib, har bir aksiya uchun qariyb 58 dollarni tashkil qildi. Bunda  chakana xaridorlarning ishtiyoqi va albatta ular orasida Trump muxlislari ko'p bo'lishi ehtimoli katta rol o'ynadi. Ammo kompaniyaning so'nggi e'loni bu tendensiyani o'zgartirib, aksiyalarni 13,30 dollarga yoki 21 foizga pasayib, 48,66 dollarga tushib ketishiga sabab bo'ldi.

Tramp 78,75 millionta aksiyalarga egalik qiladi. O'tgan haftada uning ulushi 6 milliard dollardan oshiqroq tashkil etar edi, ammo hozir bu ko'rsatkich 3,8 milliard dollarga tushib ketdi.

Ta'kidlash kerakki, mavjud kelishuvga ko'ra Tramp olti oy davomida o‘z aksiyalarini sota olmaydi yoki qarzga bera olmaydi – va uning kelishuvni o‘zgartirishga qaratilgan har qanday harakati yanada ko'proq yo'qotishlarga  olib kelishi mumkin.

Qimmatli qog'ozlar narxi tushib ketganiga qaramay  ijtimoiy tarmoqning bozor qiymati 6 milliard dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Redditning bozor kapitallashuvi 8 milliard dollarni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты