O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 7 dekabr kuni FAME 23 turniri doirasida o‘tkazadi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.
Polshaning Lodz shahrida joylashgan “Atlas Arena”da o‘tadigan turnirda 34 yoshli Murodovga qarshi Shimoliy Irlandiya vakili Norman Park oktagonga chiqadi.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Park shu vaqtga qadar MMA'da 38 ta jang o‘tkazib, 31 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini fevral oyida FAME 20 turniri doirasida polshalik Mixal Pasternakga qarshi o‘tkazib, hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alaba qozongan. UFC'da esa 9 ta jang o‘tkazib, 5 ta jangda zafar quchgan. Mahmud Murodov esa sentyabr oyida “Oktagon 61” turnirda jang qilib, angliyalik Skott Asxemdan ustun kelgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111919 | Инструменты