Huawei 1
Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirish arizasini 23-yanvar kuni ko‘rib chiqadi

Turkiya parlamentining 23-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan bosh assambleyasida Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokol muhokama qilinishi va ovozga qo‘yilishi mumkin, deb xabar berdi CNN Turk telekanali. Tegishli masala allaqachon kun tartibiga kiritilgan, ovoz berish parlament muhokamalaridan so‘ng o‘tkazilishi kerak, deya aniqlik kiritmoqda telekanal. Avvalroq Bloomberg Shvetsiya taklifi bo‘yicha ovoz berish shu hafta o‘tkazilishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning ittifoqchisi bilan birga parlamentda ko‘pchilikni tashkil etgan partiyasi protokolni ratifikatsiya qilish uchun parlamentdan yordam so‘raydi, dedi Bloomberg agentligiga hukumatdagi yuqori martabali manba. Turkiya parlamenti bosh assambleyasi tomonidan o‘tkaziladigan ovoz berish, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagi dekabr oyi oxirida parlament tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan ma’qullangandan keyingi yo‘ldagi navbatdagi qadamdir.

Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qo'shilishdagi harakatlari 

Shvetsiya va Finlandiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi munosabati bilan 2022-yilda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Finlandiya rasman 2023-yil 4-aprelda Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘ldi. Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi hali Turkiya va Vengriya tomonidan tasdiqlanmagan.

Anqara dastlab Shvetsiyani Turkiya terrorchi deb hisoblagan kurd faollarini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, Stokholm arizasini ma’qullashdan bosh tortdi. Shvetsiya siyosatini keskinlashtirish orqali Anqara shartlarini bajarganini aytadi. Uzoq davom etgan muzokaralar va shartlarni muhokama qilishdan so‘ng Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Shvetsiya arizasini Turkiya parlamentiga ko‘rib chiqish uchun topshirdi va ushbu hujjatni imzoladi.

Turkiyadan tashqari, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasi Vengriya tomonidan hali qo‘llab-quvvatlanmadi, uning bosh vaziri Viktor Orban sentabr oyi oxirida Budapesht bu masalani hal qilishga shoshilmasligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42916 | Инструменты