Huawei 1
Turkiya Rossiyaga harbiy mahsulotlar eksportini taqiqladi

Turkiya AQSHning harbiy tovarlarini Rossiyaga eksport qilishni yashirin tarzda taqiqladi. Bu haqda manbalarga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Tegishli chora Vashington Anqarani, agar savdoni to‘xtatmasa, oqibatlar haqida ogohlantirgandan so‘ng qabul qilingan. Manbalarga ko‘ra, Anqara so‘nggi haftalarda o‘z bojxona tizimlariga o‘zgartirishlar kiritgan. Vashington va uning G‘arb ittifoqchilari Ukrainada urush olib borayotgan Rossiya uchun hayotiy ahamiyatga ega deb hisoblagan 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar eksportini taqiqlagan.

Turkiyaning elektron bojxona tizimi endi Moskvaga jang maydoni uchun tovarlarni yuborishga yo‘l qo‘ymaydi, deyiladi xabarda.

Yevropa Ittifoqdan keltirilgan shunga o‘xshash mahsulotlarga bundan oldinroq taqiq kiritilgan. Tovarlar AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya tomonidan Rossiya qurolsozlik sanoati uchun eng muhim deb belgilangan 50 ta “ustuvor” tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ular orasida raketa va dronlarda muntazam ravishda uchraydigan ilg‘or elektronika, masalan, protsessorlar va xotira kartalari, shuningdek, qurol ishlab chiqarish uchun dastgohlar va boshqa uskunalar bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102314 | Инструменты