Huawei 1
Turkiya tashqi ishlar vaziri Suriyaning yangi hukumati rahbari bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Damashqda Suriyaning yangi hukumati rahbari Abu Muhammad al-Juloniy nomi bilan mashhur Ahmad al-Shara bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmadi.

O‘tgan hafta Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyaning beshta shahri, jumladan Aleppo va Damashqni Turkiyaning viloyatlariga aylantirish rejasini e’lon qilgan edi.

Erdo‘g‘an Antep, Hatay va Urfa bilan birga Halab, Idlib, Damashq va Raqqa ham Turkiya viloyatlari deb e’lon qilinishiga aniqlik kiritdi. Prezident birinchi jahon urushi natijalarini qayta ko'rib chiqish niyatini ta'kidladi, bu urush davomida Suriyaning ushbu shaharlarini o'z ichiga olgan besh hudud hozirgi Turkiya bo'lgan Usmonli imperiyasidan ajratilgan edi.

Bir kun avval AQSh Kongressi Suriyadagi harbiy amaliyotlari tufayli Turkiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi ikki partiyaviy qonun loyihasini taqdim etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122316 | Инструменты