Huawei 1
Pentavalent vaksina orqali qanday yuqumli kasalliklarni oldini olish mumkin?

Pentavalent- difteriya, ko'kyo'tal, qoqshol, gepatit B, XIB-infeksiyaga qarshi vaksina

Siz gepatit B, difteriya, ko'kyo'tal va qoqshol haqida ko'p eshitgan bo'lishingiz mumkin. Biz bugun XIB infeksiyasi haqida siz bilishingiz muhim bo'lgan ma'lumotlarni aytib o'tmoqchimiz.

XIB infeksiyasi – 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga xavf tug'diruvchi gemofiliyaning b turi tayoqchasi keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklar guruhi. Bir qancha, ya'ni 50 foizgacha quloq, burun, tomoq, shu bilan birga qaytalovchi yiringli otitlar (o'rta quloqning shamollashi) va sinusitlar (burun oraliq devori) kabi yiringli infektsiyalar XIB infeksiyasi bilan bog'liqdir.

Lekin XIB infeksiyasining xavfli bir qancha og'ir turlari ham uchrab turadi. Eng og'ir turlaridan biri yiringli meningitdir (miya va orqa miya qobig'ining yallig'lanishi) va o'limga olib keladigan miya shishi. Shu bilan birga XIB infeksiyasi quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:

—  faringit, bronxit

— zotiljam va uning oqibatida o'tkir nafas va qon-tomir yetishmovchiligi;

—  epiglottit (halqumning orqa devori va kekirdak ustining og'ir shishi) va uning oqibatida asfiksiya (nafas etishmovchiligi)

—  osteomielit (suyak va bo'g'imlarning yallig'lanishi)

— sellyulit (teri osti kletchatkasining yallig'lanishi, odatda yuz qismida)

— artrit (bo'g'imlar yallig'lanishi)

—  sepsis va o'limga olib keladigan septik shok

Kasallik tez rivojlanadi, meningit va epiglottit o'limga olib kelishi mumkin. Meningit kasalligidan keyin omon qolgan bolalarning 15-30 foizida nutq buzilishi, aqliy zaiflik, eshitish qobilyatining pasayishi, o'sishdan orqada qolish kabi asoratlar saqlanib qoladi.

XIB-infeksiyasini qo'zg'atuvchisi ferment ishlab chiqib, antibiotiklarga chidamli bo'ladi, shu sababli kasallikni davolash murakkab kechadi. O'z vaqtida tashxis qo'yib, antibiotiklar bilan davolashni boshlagan taqdirda ham, o'lim xavfi baribir saqlanib qoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты