Hukumat qarori bilan “2025-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi.
Unga ko'ra, Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:
- barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;
- davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
- davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;
- davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar to'qnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko'rish;
- davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish;
- davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, o'quv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.
Shuningdek, 2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122317 | Инструменты