Huawei 1
Turkiya Ukrainada o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

Turkiya Ukrainada zudlik bilan otashkesim e’lon qilinishi tarafdori. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan 2 yanvar, payshanba kuni belgiyalik hamkasbi Bernard Kventin bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«21-asrda Yevropa markazida yuz minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va butun bir mamlakatni vayron qilgan urush, bu urush sabab bo‘lgan migratsiya, iqtisodiy va boshqa inqirozlar imkon qadar tezroq to‘xtatilishi kerak», — deya Fidanning so‘zlarini keltiradi Hurriyet gazetasi sayti.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kventin bilan uchrashuvda ular «urushning Yevropa va butun dunyoda tugashi haqida o‘z fikrlarini bildirgan va bu borada fikr almashilgan».

Noyabr oyida Fidan Ukraina hududiy yaxlitligini saqlashni Rossiya-Ukraina urushini adolatli hal qilish sharti deb atagan va Anqara Moskva va Kiyev pozitsiyalari o‘rtasida umumiy pozitsiyalarni topishda davom etishini aytgan.

Denis Shmigal: Ukrainaning mudofaa quvvati olti barobar oshdi

Ukraina harbiy-sanoat majmuasining imkoniyatlari olti barobar oshdi. Front uchun deyarli barcha dronlar Ukrainada ishlab chiqarilyapti. Bu haqda bosh vazir Denis Shmigal ma’lum qildi.

«Ukraina erkin dunyoning barcha mamlakatlariga qaraganda ko‘proq o‘ziyurar artilleriya tizimini ishlab chiqaryapti. Raketa dasturi sezilarli yutuqlarga erishdi. Ukrainaning uzoq masofali qurollari yaratildi», — dedi u.

Bosh vazirning qayd etishicha, dron segmentida Ukraina ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari 96 foizdan ortiqni tashkil qiladi. «Armiya dronov» loyihasi doirasida 1,2 milliondan ortiq dron xarid qilindi.

U, shuningdek, sheriklar Ukraina Qurolli kuchlari uchun Ukraina korxonalaridan qurol sotib olayotganda, «Daniya modeli»ning muvaffaqiyatli ishini ta’kidladi. Xususan, 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ni jalb qilindi.

Ukrainaning YeIga qo‘shilish jarayoniga to‘xtalib, u Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha dastlabki muzokaralar 2024 yilda boshlanganini eslatdi.

«Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Ukraina qonunchiligining Yevropa qonunchiligiga muvofiqligini tashqi tekshirish boshlandi. Birinchi muzokaralar klasteri bo‘yicha u allaqachon yakunlangan», — deya qo‘shimcha qildi Shmigal.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10512 | Инструменты