Huawei 1
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston vakili Botir Tursunov 1 yanvar kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Botir Tursunov 50 yoshda. U Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.

2005 yildan TIV tizimida, markaziy apparat va O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Botir Tursunov 2023 yildan O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi maslahatchi-vakili, ShHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil sifatida ishlab kelayotgandi.

U falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10707 | Инструменты