Huawei 1
Turkiyada mehmonxonadagi yong‘in sababli 10 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkay tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, yana 32 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Daily Sabah mahalliy hokimiyatga tayanib.

Yong‘in 21 yanvarga o‘tar kechasi 11 qavatli mehmonxonaning to‘rtinchi qavatida boshlangan. Ba’zilar vahima ichida o‘zini derazadan tashlab halok bo‘lgan.

Mehmonxona binosi yog‘ochdan qurilgani sababli, olov tez tarqalgan. Yong‘inni o‘chirishda 200 dan ortiq qutqaruvchilar ishtirok etgan.

Bolu meri Abdulaziz Aydin yong‘in sababi hali aniqlanmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, alanga restoran joylashgan qavatdan boshlangan. Voqea yuz bergan paytda mehmonxonada 234 nafar mehmon bo‘lgan. U yerda qancha xodim bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Kartalkaya tog‘-chang‘i kurorti Istanbul shahridan taxminan 270 kilometr uzoqlikda, Kerog‘lu tog‘lari hududida joylashgan mashhur dam olish maskani hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12119 | Инструменты