Huawei 1
Ukrainada 2022-yildan buyon birinchi marta Yevropaga parvozlarga ruxsat berildi

Ukrainaning Supernova Airlines aviakompaniyasi 1-noyabrdan boshlab mamlakat Davlat aviatsiya xizmatidan Kiyev va Lvovdan Pragaga hamda ortga yuk reyslarini amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda aviakompaniya saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, har bir yo‘nalishda haftasiga yettita reys yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Supernova Airlines faqat yuk reyslarini amalga oshirish uchun sertifikatlangan. Bu Ukraina va chet elda pochta jo‘natmalari hamda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan NOVA kompaniyalar guruhining yangi tashkil etilgan sho‘ba korxonasi hisoblanadi.

Ukraina 2022-yilning 24-fevralidan boshlab mamlakat ustidagi havo hududini yopgan. O‘shandan beri fuqaro aviatsiyasining muntazam parvozlari amalga oshirilmayapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102311 | Инструменты