Huawei 1
AQSh Ukrainaga 20 mlrd dollarlik yordam yuborishni rejalashtirmoqda

Qo‘shma Shtatlar o‘zini Rossiyadan himoya qilayotgan Ukrainaga 20 milliard dollar (konvertatsiya qilinganda: 18,5 milliard yevro) miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. «Katta yettilik»ning 50 milliard dollarlik yordam paketiga shartli ravishda 20 milliard dollar hissa qo‘shishimiz mumkinligini aytmoqchiman», deya 22 oktyabr, seshanba kuni AQSh moliya vaziri Janet Yyellenning so‘zlaridan iqtibos keltirgan dpa.

Bu Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish bo‘yicha «Katta yettilikka» a’zo davlatlar iyun oyida erishgan kelishuvga ishora qiladi.

Yyellenning aniqlik kiritishicha, Kiyevga Amerika hukumati tomonidan qo‘shimcha yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror «99 foizga qabul qilingan». Bu boradagi yakuniy qaror shu hafta oxirigacha qabul etilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, AQSh moliya vaziri Ukrainaga ushbu moliyaviy yordam ko‘rsatish yuki amerikalik soliq to‘lovchilarga tushmasligini ta’kidladi. «Bu yordam uchun Rossiya to‘laydi», dedi Janet Yyellen.

AQSh Ukrainaga 400 mln dollarlik harbiy yordam beradi

AQSh Ukrainaga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda 21 oktyabr kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida Ostin ushbu paketga, xususan, qo‘shimcha o‘q-dorilar, zirhli texnika va boshqa qurollar kiritilishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar ikki tomonlama xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga muvofiq Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Zelenskiy Ostinga harbiy yordam paketi va Rossiyaning keng miqyosli hujumi boshlanganidan beri AQShning umumiy ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qildi Ukraina prezidenti devonxonasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102312 | Инструменты