UnionPay sanksiya ostidagi Rossiya banklari bilan ishlashdan bosh tortdi

Endi g'arb davlatlarining sanksiyasi ostida bo'lgan Rossiyaning yirik banklari UnionPay kartalarini chiqara olmaydi. Bu ma’lumotni RBKga yirik banklardagi beshta manba tasdiqlab berdi.

Sberbankga yaqin suhbatdoshning aytishicha, bank xodimlariga Xitoy to'lov tizimining bu qarori haqida yopiq yig'ilishda aytilgan.

RBKning banklardagi uchta manbasi UnionPay to'lov tizimining ikkilamchi sanksiyalardan xavfsirashi sababli kartalarini chiqara olmasligini da'vo qilsa, yana ikkita manba UnionPay muzokaralarni tushuntirishsiz to'xtatib qo'yganini aytmoqda. «Loyiha vaqtinchalik toʻxtatilgan, ular sanksiyalar bilan bogʻliqligini rasman tasdiqlashmadi, faqatgina keyingi ogohlantirishgacha pauzada ekanligini aytishdi», dedi manbadan biri.

Eslatib o’tamiz, 10-martdan boshlab Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi. Shu sababli Rossiya kredit tashkilotlari UnionPay kartalarini Visa va Mastercardga muqobil sifatida ko'rib chiqishni boshlagan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60806 | Инструменты