Huawei 1
“Urushlarni to‘xtatmoqchiman”: Tramp saylovda yutganini e’lon qildi

AQSHda respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qildi. U Floridadagi tarafdorlari qarshisida nutq so‘zladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Men Amerika xalqiga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizlar tomondan qirq yettinchi va qirq beshinchi prezident etib saylanganim favqulodda sharafdir, dedi u.

Siyosatchi prognoziga ko‘ra, u jami 315 dan ortiq ovozni qo‘lga kiritgan. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz zarur. Tramp saylovchilarga uning boshqaruvi AQSH tarixida “oltin davr” bo‘lishini va’da qilmoqda.

To‘rt yil davomida biz ISHIDga qarshi g‘alabamizdan tashqari hech qanday urushni ko‘rmadik. Biz ISHIDni rekord muddatda tor-mor etdik, ammo boshqa hech qanday urush olib bormadik. Men urush boshlamoqchi emasman, aksincha, ularni to‘xtatmoqchiman, dedi u.

Shuningdek, siyosatchi respublikachilar Senat ustidan nazoratni qaytarib olganini va Vakillar palatasini saqlab qolishini ma’lum qildi. Shu tariqa partiya Kongressga rahbarlik qiladi.

Agar Tramp yana Oq uyga qaytadigan bo‘lsa, bu AQSH tarixida bir insonning ikki muddat ketma-ket bo‘lmagan holda mamlakatni boshqarishi bo‘yicha ikkinchi holat bo‘ladi. Bunday prezidentlardan birinchi XIX asr oxirida Grover Klivlend bo‘lgan.

Dunyo yetakchilari Trampni g‘alaba bilan tabriklay boshladi. Ular qatorida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Avstriya kansleri Karl Nexammer, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110617 | Инструменты