Huawei 2
Uy hayvonlari do‘konidagi bola, hayit namozini o‘qib bo'lib quchoqlashayotgan bolalar, Bangladeshda nishonlanayotgan Lal Kah festivali. Hafta suratlari

Surat — lahzalar, hissiyotlarni ajoyib tarzda ko‘rsatib beruvchi vosita. Agar u goh kutilgan, goh kutilmagan, goh qiziqarli lahzalarda olinsa yana yaxshi. Butun dunyo bo‘ylab har kuni ana shunday suratlar olinadi va ommaviy tarmoqlarga joylanadi.

UzReport tahririyati dunyo bo‘ylab e’tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to‘plab boradi. Bu safar ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.

Primorsk o‘lkasidagi dengiz sutemizuvchilarni reabilitatsiya qilish markazi.
Foto: Reuters

Angliyaning Sautall shahrida qilich bilan jang qilish usullarini namoyish qilayotgan sikx.
Foto: Reuters
Ruminiyada nishonlanayotgan Ramazon hayiti.
Foto: Reuters
G‘azo shahrida Isroil va HAMAS o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuv paytida Ramazon hayiti kuni vayronalar ostida o‘tirgan odamlar.
Foto: Reuters
Hindistonning Bangalor shahridagi uy hayvonlari do‘konidagi bola.
Foto: Reuters
G‘azo shahrida Ramazon hayiti kuni derazadan qarayotgan falastinlik bolalar.
Foto: Reuters
Qozog‘istonning Petropavl shahrida suv toshqini paytida toshqindan himoyalanish uchun tayyorlangan qum qoplari yonidan yugurib o‘tayotgan erkak.
Foto: Reuters
Sochidagi Kooperativniy bog‘ida sakura gulladi.
Foto: Reuters
7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumda garovga olinganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun butun mamlakat bo‘ylab aksiya o‘tkazilmoqda.
Foto: Reuters
Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Baytul-Mukarram milliy masjidida Ramazon hayiti namozini o‘qigan bolalar quchoqlashmoqda.
Foto: Reuters
Praga hayvonot bog‘idagi gorilla ikkinchi bolasini dunyoga keltirdi.
Foto: Reuters
Bangladeshda har yili nishonlanadigan Lal Kah festivali boshlandi.
Foto: Reuters
Mahalliy aholi vakili Aleksandr Timofeyevich (o‘ngda) qo‘shnisi bilan uyining suv bosgan hovlisida tomda qolib ketgan itlarni boqish uchun puflama qayiqda suzib o‘tmoqda, Orenburg, Rossiya
Foto: Reuters
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga