Huawei 1
Viloyat hokimlariga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududining “master reja”sini ishlab chiqish topshirildi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda o‘tgan yili hokimlarga xususiy sektorni jalb qilib, “master reja” ishlab chiqishga ruxsat berildi. Bundan maqsad – kichik hududlarni belgilab, uy-joy qurish, turizm, savdo va servisni rivojlantirsa bo‘ladigan joylarga tadbirkorlarni jalb qilish edi.

Bu borada Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi 85 ta hududning “master rejasi”ni ishlab chiqish boshlangan. Lekin, qolgan viloyatlar hali masalani ichiga kirmagani tanqid qilindi.

Shu bois, viloyat hokimlariga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududining “master reja”sini ishlab chiqish topshirildi.

Bundan tashqari, 106 ta tuman-shaharda 136 ta “master reja” qilish bo‘yicha topshiriq berilgan. Hozirgacha shundan 21 tasi ishlab chiqilgani, Andijon va Xorazmda esa birorta “master reja” tayyormasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qoloqliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimliklariga vazifa qo‘yildi.

O‘tgan yili 1 ming 600 ta obyekt qurilishi ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan boshlangan bo‘lsa, yil boshidan 2 ming 200 taga yetgan.

Bundan tashqari, qurilish obyektlari toifasiga qarab oyiga kamida 2-4 marta nazoratdan o‘tkazilishi zarur. Lekin 8 oy ichida 1 ming 150 ta obyektga inspektor bir marta borgan.

Oqibatda joylarda pala-partish qurilish ko‘payib, aholi eʼtiroziga sabab bo‘layapti.

Qurilish vazirligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, Bosh prokuraturaga qurilishda byurokratik to‘siqlar va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92320 | Инструменты