Huawei 1
“Wednesday” seriali Netflixda rekord o'rnatdi

“Wednesday” ingliz tilidagi seriallar orasida umumiy tomosha soatlari bo‘yicha Netflix platformasida yangi rekordini o‘rnatdiNetflix hisob-kitoblariga ko‘ra, serial premerasidan buyon jami 752 million soat tomosha qilingan. Ma’lumot uchun, bu hisob serial chiqqanidan keyingi dastlabki 28 kunga asoslanadi.Shuningdek, serial ilk haftaning o‘zidayoq 341,2 million soat ko‘rilgan. Film 28-noyabrdan 4-dekabrgacha bo'lgan haftada 411,29 million soat tomosha qilingan.

 U 83 davlatda eng ommabop serialga aylangan va 93 mamlakatda eng ko‘p ko‘rilayotgan seriallarning birinchi 10 taliligiga kirgan.“Wednesday” mistik serial bo‘lib, Wednesday Addams’ning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Serialda bosh qahramon rolini amerikalik aktrisa Jenna Ortega ijro etgan. Ilk mavsumi 8 qismdan iborat serialda aqlli va sovuqqon Wednesday Addams bir qator qotilliklarni tekshiradi va “Nevermore Academy”da yangi do‘stlar va dushmanlar orttiradi.Ko‘p qismli filmning ssenariysi tomoshabinlar tomonidan 87% ovoz bilan ma’qullangan. Bundan tashqari, seriallning 4-qismdagi mashhur raqs sahnasi ommalashib, TikTokda xoreografiyaga taqlid qiluvchi videolar trendga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81700 | Инструменты