Huawei 1
Windows’da aqlli qidiruv paydo bo‘ldi

Microsoft korporatsiyasi Windows11 foydalanuvchilari uchun bir nechta yangiliklarni taqdim etdi. Bu haqda Neowin nashri xabar berdi.

Xavfsizlikka oid bo‘lmagan yangilanish Windows 11 24H2 versiyasi foydalanuvchilari uchun mavjud. Yangilanishda sun’iy intellekt (SI) va Copilot virtual yordamchisi bilan bog‘liq bir nechta funksiyalar qo‘shilgan. Jumladan, operatsion tizimga (OT) “inson tilida” qidiruv so‘rovini shakllantirish orqali hujjatlarni topishga imkon beradigan aqlli qidiruv kiritilgan.

Microsoft’ning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar fayllarning nomni yoki ular o‘zgartirilgan aniq sanani eslab qolishlari shart emas. Qidiruv funksiyasi maxsus neyroprotsessorli Copilot+ kompyuterlarida ishlaydi. Hozircha u faqat Snapdragon chipi o‘rnatilgan qurilmalarda mavjud. Qidiruv qurilmasi internetga ulanmagan holda ham ishlashi mumkin.

Shuningdek, operatsion tizimga “Jonli subtitrlar” funksiyasi qo‘shilgan, bu esa har qanday videoga 44 tilda subtitr yaratish imkonini beradi. Snapdragon protsessori asosidagi kompyuterlarda chet tilidagi nutqni turli tillarga, jumladan, rus tiliga tarjima qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari Windows 11 da KB5053656 yangilanishi bilan 40 ga yaqin xatolar bartaraf etildi. Jumladan, “Vazifalar boshqaruvchisi” nosozliklari va kompyuter uyqu rejimidan chiqqandan so‘ng BSoD kritik xatosiga duch kelish muammosi hal qilindi.

Mart oyi oxirida Microsoft Windows Roadmap — Windows operatsion tizimining yangi funksiyalarini kuzatish uchun saytni ishga tushirdi. U orqali operatsion tizimda sinov bosqichida mavjud bo‘lgan funksiyalarni va ularning ommaviy versiyalarda qachon paydo bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40212 | Инструменты