Huawei 1
WP: Eron hujumlar tugaganidan keyin AQSh bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini aytdi

Eron vakillari vositachilar orqali AQSh bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanliklarini bildirgan, biroq avval Isroil hujumlarni to‘xtatishi kerakligini aytgan. Bu haqda Washington Post gazetasi manbalarga tayanib xabar bergan.

Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga bo‘lgan urinishlarga Uman va Qatar boshchilik qilmoqda.

Avvalroq, CNN telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp imkon qadar tezroq Eron bilan uchrashuv tashkil qilishni o‘z ma’muriyatiga topshirgan. New York Times gazetasi esa prezident Tramp Eron tomoni bilan uchrashishni o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va vitse-prezident Jey-Di Vens orqali taklif qilganini yozgan.

Harbiy operatsiya boshlangach, Donald Tramp bir necha bor Eronni muzokara stoliga qaytishga chaqirgan. Eron tomoni esa Isroil Eronni hujum qilayotgan paytda AQSh bilan muzokaralarni davom ettirishning hech qanday ma’nosi yo‘qligini bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61717 | Инструменты