Huawei 1
WSJ: Donald Tramp prezident bo'lganidan keyin xorijdagi biznesini faol ravishda kengaytira boshladi

2024-yil noyabridan beri Donald Trampga tegishli Trump Organization kompaniyasi chet elda 12 ta loyihani ishga tushirdi. Bu uning birinchi prezidentlik muddati davomida amalga oshirgan loyihalaridan olti baravar ko‘p, deb yozadi The Wall Street Journal

«Prezident Tramp biznesni AQShga qaytarishga va’da bergan edi. Ammo uning o‘z kompaniyasi xorijda ilgari hech qachongidek faollik bilan ish olib bormoqda», — deb yozadi gazeta.

Yanvar oyida Trump Organization axloqiy kelishuv e’lon qildi, unga ko‘ra kompaniyaga bevosita xorijiy hukumatlar bilan biznes yuritish taqiqlanadi. Biroq WSJ ta’kidiga ko‘ra, Tramp kompaniyasining ayrim loyihalarida xorijiy hukumatlar baribir ishtirok etmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri emas — Trump Organization bu taqiqni aylanib o‘tib, qo‘shma korxonalar tuzmoqda va aynan shu korxonalar boshqa mamlakat hukumatlari bilan bitimlar tuzmoqda.

Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan beri uning ko‘chmas mulk kompaniyasi Yaqin Sharqda (Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA) olti, Hindistonda esa beshta loyihani boshladi. Yana bir loyiha Serbiyada amalga oshiriladi. Bu yerda Trump Organization hukumatdan yer ijaraga olish va Belgraddagi Serbiya Mudofaa vazirligining vayron bo‘lgan binosini qayta tiklashda ishtirok etadi. Bu bino 500 million dollarlik hashamatli mehmonxonaga aylantiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82800 | Инструменты