Huawei 1
Xitoy 15-martdan boshlab xorijliklarga barcha turdagi vizalar berishni tiklaydi

Xitoy 15-martdan boshlab xorijiy fuqarolarga barcha turdagi vizalar berishni boshlaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lumki, mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli bir qancha cheklovlar joriy qilingan edi.

Qayd etilishicha, endi Xitoy 2020-yil 28-martgacha berilgan vizalar bilan mamlakatga kirishga ruxsat beradi.

Shu bilan birga, mamlakat Gonkong, Makao va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari fuqarolarining ayrim toifalari uchun Shanxayga kruiz kemalarida vizasiz sayohat qilish imkoniyati qayta tiklamoqda.

Aytib o’tish lozimki, Xitoy 2019-yilda 65,7 million xorijliklarni qabul qildi. 2020-yilda koronavirus tarqalishi sababli mamlakat tashqi dunyodan izolyatsiya qilingan edi.

2022-yil oxirida mamlakat xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun koronavirus cheklovlarini bekor qildi.

Avvalroq Xitoy 3 yillik cheklovlardan so’ng ilk bor Gonkong bilan aloqani normallashtirgani haqida ma'lum qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80213 | Инструменты