Xitoy kompaniyalari endi AQSHga parvoz qila olmaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati 16 iyundan boshlab mamlakatga to'rtta Xitoy yo'lovchi aviakompaniyasining parvozlarini to'xtatishga qaror qildi.

Associated Press nashrining yozishicha, bu taqiq "Air China", "China Eastern Airlines", "China Southern Airlines" va "Xiamen Airlines"(Syamen) kompaniyalariga tegishlidir.

Bu AQShning "United Airlines" va "Delta AirLines" kompaniyalarini Xitoyga parvozlarni to'liq qayta tiklashga imkon bermagan Xitoy hukumati harakatlariga qarshi javob chorasidir. Koronavirus infeksiyasi sabab AQSh havo tashuvchilarining parvozlari 2020 yilning boshida qisqartirilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82201 | Инструменты