Huawei 1
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Tojikistonda harbiy baza qurilishi haqidagi xabarlarini rad etdi

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston hududida Xitoy harbiy bazasi qurilishi haqidagi OAV xabarlarini rad etdi. Bu haqda Xitoy diplomatik departamenti rasmiy vakili Lin Jian brifingda ma'lum qildi.

“Men aniq ayta olamanki, Xitoy hamisha mustaqil, tinchliksevar tashqi siyosat yuritib kelgan va Markaziy Osiyoda hech qanday harbiy bazaga ega emas”, — dedi Lin Jian.

Avvalroq, Daily Telegraph gazetasi Xitoy Afg‘oniston bilan chegaradosh Tojikistonda harbiy baza qurayotgani haqida xabar bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52102 | Инструменты