Huawei 1
Xitoy va Suriya strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Xitoy va Suriya o’rtasida strategik sheriklik munosabatlari o’rnatildi, deya xabar bermoqda Sinxua agentligi ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunlariga tayanib.

“Xitoy rahbari Si Szinpin va uning suriyalik hamkasbi Bashar al-Asad bugun, 22-sentyabr kuni birgalikda ikki davlat o’rtasida strategik sheriklik o’rnatilishini e’lon qildi”, — deyiladi agentlik bayonotida.

Kecha Suriya rahbari Xanchjou shahriga yetib bordi, shu bilan uning Xitoyga tashrifi XXR raisi Si Szinpin taklifiga binoan boshlandi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Xitoy markaziy televideniyesi Asad Xanchjoudagi 19-Osiyo o’yinlarining ochilish marosimida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50901 | Инструменты