Huawei 1
Xitoyda haydovchisiz boshqariladigan taksilar ish boshlaydi

Xitoyda haydovchisiz boshqariladigan taksilarga ruxsat berildi. "Baidu" kompaniyasining Apollo 5-avlod deb nomlangan boshqaruvsiz avtomobilga ikkita ruxsatnoma berilgan. Unga ko‘ra, taksi Uxanda ertalab soat 09:00 dan 17:00 gacha 13 kvadrat kilometr maydonda, Chunsin shahrining Yunchuan tumanida 30 kvadrat kilometr maydonda 9:30 dan 17:30 gacha haydovchisiz sayohatlar uchun haq olishi mumkin.

Har bir zonada beshta Apollo-5 avtomobillari ishlaydi, agar transport vositalari har qanday qiyin vaziyatga tushib qolsa, masofaviy haydovchilar ularni boshqarishga kirishadi.

Taksilarning dastlabki harakatlanishi kameralar orqali diqqat bilan kuzatiladi.

Yaqinda "Baidu" kompaniyasi 6-avlod to‘liq avtonom avtomobilini taqdim etgan. Apollo RT6’ning narxi 250 000 yuanni (37 095 dollar) tashkil etadi va u 2023-yildan ishlab chiqariladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50810 | Инструменты