Xitoyda tug’ilish ko’rsatkichi tarixiy minimumni qayd etdi
Xitoyda tug’ilish ko’rsatkichi 1950 yillardan beri birinchi bor tarixiy minimumni qayd etdi.
Mamlakatda aholini ro’yxatga olish har 10 yilda o’tkaziladi. 2020 yil natijalari seshanba kuni e’lon qilindi.
Hujjatga ko’ra, hukumat tomonidan 1970-yillarda “Bir oila uchun bir farzand” siyosati joriy qilingan davrda aholi sonining o’sish ko’rsatkichi sekinlasha boshlagan. So’nggi 10 yilda Xitoy aholisi 5,38%ga, ya’ni 1,41 milliard kishiga ko’paydi. Bu 1953 yildan beri eng past ko’rsatkichdir.
Tug’ilish koeffitsienti har bir ayolga 1,3 farzand to’g’ri kelishini ko’rsatdi. Ushbu raqam Yaponiya va Italiya kabi davlatlardagi ko’rsatkich bilan bir xildir. Bunday vaziyat esa hukumatda xavotir uyg’otmoqda, aholi sonining qisqarishi ishchilarga bo’lgan talabning qondirilmasligiga olib keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62709 | Инструменты