Huawei 1
Xitoylik olimlar Oy tuprog‘idan suv ishlab chiqarmoqchi

Xitoylik olimlar 2020 yilgi ekspeditsiyada olib kelingan Oy tuprog‘i yordamida ko‘p miqdorda suv ishlab chiqarishning yangi usulini kashf etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilda Xitoyning “Chang'e-5” missiyasi orqali insoniyat 44 yil ichida birinchi marta Oy namunalarini oldi. Xitoy davlat fanlar akademiyasi tadqiqotchilari ushbu Oy tuprog‘idagi minerallar tarkibida katta miqdorda vodorod borligini aniqladi. U juda yuqori haroratda qizdirilganda boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishib, suv bug‘i hosil qiladi.

“Uch yillik chuqur izlanishlar va takroriy tekshirishlardan so‘ng, Oy tuprog‘idan ko‘p miqdorda suv ishlab chiqarish uchun foydalanishning yangi usuli topildi. Bu kelajakda Oy ilmiy tadqiqot stansiyalarini qurish uchun muhim loyihaviy asos bo‘lishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Yangi usul yordamida bir tonna Oy tuprog‘idan taxminan 51-76 kg suv ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bu yuzdan ortiq 500 ml shisha suvga yoki 50 kishining kunlik ichimlik suvi iste’moliga to‘g‘ri keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91302 | Инструменты