Huawei 1
Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesla’ga yaqinlashmoqda

Xitoyning BYD Co avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2024 yilni rekord darajadagi savdolar bilan yakunladi — kompaniya umumiy yo‘lovchi transport vositalari ishlab chiqarish hajmini 4,25 million donaga yetkazdi.

Qayd etilishicha, dekabr oyida BYD 509 mingdan ziyod gibrid va elektromobil sotish orqali yangi rekordni o‘rnatgan. Bu kompaniyaga yillik avtomobillar savdosi hajmini 1,76 millionga yetkazishga yordam bergan. Umumiy hisobda bir yil davomida savdolar hajmi undan oldingi yilga nisbatan 41 foizga oshgan.

BYD savdolari hajmining oshishi Xitoy ichki bozorida talab ortgani, shuningdek, ikkinchi yarim yillikda davlat subsidiyalarining oshgani bilan izohlanmoqda. Bundan tashqari, kompaniya xaridorlarga qo‘shimcha imtiyozlarni ham taklif qilmoqda, bu ham savdolar hajmining oshishiga xizmat qilgan.

Tesla esa hozircha elektromobillar savdosi bo‘yicha yetakchi. Yillik savdolar o‘sishi prognoziga erishish uchun Tesla 2024 yilning oxirgi uch oyida 515 ming dona elektromobil sotishi kerak edi. Tahlilchilar 510 ming 400 ta elektromobil sotilishini prognoz qilgan, bu Tesla kutilmalaridan pastroq. BYD savdolari hajmining o‘sishi kompaniyaga dunyoning eng yaxshi avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasidan mustahkam o‘rin egallashiga yordam beradi. Umumiy savdolar hajmi oshgani esa uni yillik savdolar bo‘yicha Ford hamda Hondaʼni ortda qoldirishga yaqinlashtiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10513 | Инструменты