Yakshanba kuni Belarusda "an'anaga aylanib ulgurgan" namoyishlar bo'lib o'tdi
Yakshanba kuni Belarus poytaxtida o’ziga xos “an’anaga” aylanib ulgurgan namoyishlar bo’lib o’tdi. Odamlar, har doimgiday, Lukashenkoning iste’fosini talab qilmoqdalar.
Bu safar politsiya 300ga yaqin odamni hibsga oldi.
Aksariyat namoyishchilar poytaxtning chekka hududlarida ko'chalarga chiqib, qo'llarini silkitib, " Yashasin Belarus!" deya hayqirdilar va muxolifatning ramzi bo'lgan oq-qizil-oq bayroqlarni silkitdilar.
Ichki ishlar hodimlarining so’zlariga ko’ra, bayramlar yaqinlashmoqda, odamlar esa bayramni uyda emas, balki boshqa yerda kutib olishga juda yaqin turibdilar.
Lukashenko norozilik namoyishlari g'arb tomonidan homiylik qilinayotganini aytmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50308 | Инструменты