Yana ikki nafar multimillioner Rossiya fuqaroligidan voz kechdi

Amerikaning Veeam Software va Object First IT kompaniyalari asoschilari Andrey Baronov va Ratmir Timashev Rossiya fuqaroligidan voz kechishdi. Bu haqda 29-fevral, payshanba kuni Forbes nashri xabar berdi. Ikkala tadbirkor ham uzoq vaqtdan beri chet elda yashaydi. Baronov Shveytsariyada va Timashev esa AQShda istiqomat qiladi. Rossiya pasportidan voz kechgach, ular Kipr fuqaroligini saqlab qolishgan.

2017-yildan 2021-yilgacha Baronov va Timashev Forbes talqiniga ko'ra Rossiyaning 200 ta eng badavlat tadbirkorlari reytingiga kiritilgan. 2020-yilda jurnal Baronovning boyligini 770 million dollar, Ratmir Timashevnikini esa 680 million dollar deb baholagan. Millionerlar boyligining asosi Veeam Software kompaniyasini Amerikaning Insight Partners venchur fondiga besh milliard dollarga sotishdan olingan daromad hisoblanadi.

Forbes ro'yxatidan joy olgan to'qqiz nafar tadbirkor Rossiya fuqaroligidan voz kechgan

Andrey Baronov 2023-yilda Rossiya fuqaroligidan voz kechish uchun hujjatlar taqdim etilishini LinkedIn ijtimoiy tarmog'idagi o'z akkauntida e'lon qildi. U postda Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga kirishini tanqid qildi va “Ukraina hududidagi ko‘chirilgan ukrainaliklarga” yordam bergan nufuzli gumanitar tashkilotlarga millionlab dollar xayriya qilganini aytdi.

Forbes ta'kidlaganidek, tadbirkorlar Rossiyaning Kiprdagi elchixonasida fuqarolikdan voz kechish protsedurasidan o'tgan. Baronov va Timashev Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya fuqaroligidan voz kechgan Forbes ro'yxatining sobiq va hozirgi a'zolari orasidan sakkizinchi va to'qqizinchi tadbirkor bo'ldi.

Urush boshlanganidan keyin Forbes ro'yxatidagi quyidagi tadbirkorlar Rossiya fuqaroligidan voz kechishdi: Ruben Vardanyan (Troyka dialog), Timur Turlov (Freedom), Yuriy Milner (DST Global), Nikolay Storonskiy (Revolut), Igor Makarov ("Itera"ning sobiq egasi), Oleg Tinkov (Tinkoff Group asoschisi), Vasiliy Anisimov (Alisher Usmonovning sobiq biznes sherigi).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112001 | Инструменты