Huawei 1
Yaponiya hukumati to'liq iste'foga chiqarildi

Yaponiya hukumati butunlay iste'foga chiqarildi.

Qayd etilishicha, Bosh vazir Kisida bugun, 10-avgust kuni ertalab bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasi tarkibini butunlay o‘zgartirishga qaror qilgan va joriy vazirlarni barchasini to‘liq tarkibda iste’foga chiqargan.

Oʻzgartirishlar dastlab sentabr oyining boshida kutilgan edi, biroq Kishida mamlakatda iqtisodiy muammolar ko‘payib borayotgani sababli buni hozir amalga oshirishga qaror qilgan. Xususan, “yangi kapitalizm” iqtisodiy kontsepsiyasini targʻib qilishni jadallashtirish niyati va oziq-ovqat hamda yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi munosabati bilan chora koʻrish zarurati bunda asosiy omil bo‘lgan.

Shuningdek, Yaponiya hukumatining bosh vazir Fumio Kisida boshchiligidagi yangi tarkibi tez orada ma’lum qilinishi aytilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50906 | Инструменты