Yevropa komissiyasi 7 aprel kuni YeI davlatlariga qo‘shimcha bojlar joriy etiladigan Amerika tovarlari ro‘yxatini taklif qiladi. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiy importiga joriy etilgan 25 foizli bojlarga javoban shunday chora ko‘rilmoqda.
Agentlikka ko‘ra, bojlarni AQShning quyidagi mahsulotlariga nisbatan joriy etish taklif qilinmoqda:
Javob choralariga oid ovoz berish jarayoni 9 aprel kuni o‘tkazilishi kutilmoqda va katta ehtimol bilan ular ma’qullanadi. Yangi bojlar ikki bosqichda kuchga kiradi: bir qismi 15 aprelda, qolganlari esa bir oydan keyin.
Mart boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan po‘lat va alyuminiyga nisbatan 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Shundan keyin Yevrokomissiya Amerika importiga qarshi javob bojlari joriy etilishini bildirdi. YeK rahbari Ursula fon der Lyayyen AQSh «28 milliard dollar miqdoridagi tariflarni qo‘llayotgani» sabab YeI «26 milliard yevroga teng javob choralari» ko‘rishini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Yevroittifoq Amerikadan import qilinadigan viski, mototsikl va qayiq motorlariga 50 foizli bojlar joriy etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga javoban Tramp YeIdan import qilinadigan har qanday turdagi alkogol mahsulotlariga 200 foizli bojlar qo‘llash bilan tahdid qildi. Ko‘p o‘tmay Yevroittifoq Amerika importiga qarshi choralar ko‘rishni aprel o‘rtalariga qadar kechiktirdi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 3 aprel kuni AQSh tashqi savdo hamkorlariga nisbatan «o‘zaro» bojlar joriy etilishini e’lon qildi (ro‘yxatga jami 185 davlat kiritilgan). Bojlarning minimal bazaviy darajasi 10 foizni tashkil qiladi, biroq bir qator mamlakatlar uchun bojlar alohida hisoblanadi. Masalan, Xitoy uchun bojlar 34 foiz, Yevropa Ittifoqi uchun — 20 foiz, Yaponiya uchun — 24 foiz bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41002 | Инструменты