Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Kiyevga o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatini 70 foizga bajardi

Yevropa Ittifoqi Kiyevga bir million o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatini 70 foizga bajardi, dedi Yevrokomissiya vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis Strasburgdagi Yevroparlament yalpi majlisida.

"Yevropa Ittifoqi Ukrainani million o'q-dori bilan ta'minlash tashabbusini amalga oshirishda davom etmoqda; u bu vazifani 70 foizga bajardi", dedi rasmiy.

Uning soʻzlariga koʻra, “Yevropa Ittifoqi va aʼzo davlatlar hozirgacha Ukrainaga harbiy yordam sifatida 43,5 milliard yevro ajratgan, shundan 6,1 milliardi Yevropa tinchlik jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan”.

Shuningdek, u 155 kalibrli snaryadlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan tashabbus ham amalga oshirilayotganini taʼkidladi. 

“Yevropa Ittifoqi davlatlari 155 kalibrli oʻq-dorilarni ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 1,4 million donagacha oshirdi”, dedi u.

Bundan tashqari, Dombrovskis Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel tomonidan avgust oyi oxirida e'lon qilingan Ukraina harbiylari uchun Yevropa Ittifoqining o'quv missiyasini kengaytirish va o'qitilgan askarlar sonini 60 mingdan 75 mingga oshirish qarorini tasdiqladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91910 | Инструменты