Huawei 1
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

15 iyun, yakshanba kuni Ispaniya va Italiyaning mashhur sayyohlik shaharlarida nazoratsiz turizmga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Barselonadagi mitingda olti yuzga yaqin kishi ishtirok etdi. Reuters xabariga ko‘ra, yig‘ilganlar: «Sizning ta’tilingiz – mening baxtsizligim» deb hayqirgan va qo‘llariga «Ommaviy turizm shaharni o‘ldirmoqda», «Ularning ochko‘zligi bizni vayron qilmoqda» degan shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab olgan. Ulardan ba’zilari suv to‘pponchasidan ham o‘q uzgan va do‘konlar va mehmonxonalar vitrinalariga «Turistlar, uyga qaytinglar» deb yozilgan stikerlarni yopishtirib chiqqan.

O‘tgan yili 1,6 million aholisi bo‘lgan Barselona 26 million sayyohni qabul qilgan, deya qayd etadi Reuters.

Sayyohlar oqimini kamaytirish talabi bilan namoyishlar janubiy Yevropaning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi: xususan, Malaga, Palma-de-Mayorka, San-Sebastyan, Granada va Ispaniyaning Ibitsa orolida, shuningdek, Italiyaning Genuya, Palermo, Neapol, Milan va Venetsiyasida. So‘nggisida namoyishchilar 1500 ga yaqin sayyohni sig‘dira oladigan ikkita yangi mehmonxona qurilishiga to‘sqinlik qilmoqchi.

2025 yilda Yevropada xalqaro sayohat xarajatlari 11 foizga oshib, 838 milliard dollarni (727 milliard yevro) tashkil etishi mumkin, deb yozadi Reuters. Fransiya va Ispaniya rekord darajadagi sayyohlarni qabul qilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61622 | Инструменты