Yolg‘iz sayohat qilish mumkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxati eʼlon qilindi

Nyu-Yorklik mashhur sayohatchi va TikTok blogeri Savanna Kruell dunyo bo‘ylab yakkaxon sayohat qiluvchi ayollar uchun xavfli deb hisoblagan mamlakatlar ro‘yxatini eʼlon qildi. Turli davlatlarda to‘plagan shaxsiy tajribalariga tayanib, u baʼzi hududlarni yolg‘iz sayohat uchun tavsiya etmasligini maʼlum qildi.

Savannaning “xavfli” deb atagan birinchi davlati — Fransiya. 2024 yilda 102 million sayyohni qabul qilgan ushbu mashhur yo‘nalishda u bir nechta noxush vaziyatlarga duch kelganini aytgan.

Ikkinchi o‘rinda esa Meksika turibdi. U bu mamlakatning tabiati va madaniyatini yuqori baholagan bo‘lsada, xavfsizlik nuqtai nazaridan ogohlikni unutmaslik kerakligini taʼkidladi.

Ro‘yxatdagi uchinchi mamlakat — Nikaragua. Kruell bu yerda yolg‘iz yurmaslik, iloji boricha gavjum joylardan chiqmaslikni maslahat beradi.

Bundan tashqari, u o‘zini Malayziya, Barselona (Ispaniya) va hattoki o‘z vatani AQSHda ham xavfsiz his qilmaganini ochiq aytdi.

Shunga qaramay, bloger bu mamlakatlarning har biriga qaytishga tayyorligini bildirgan — faqat bu safar ehtiyotkorlik bilan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты