Huawei 1
YouTube yozda "Stories" qisqa videolar funksiyasini o'chirib qo‘yadi

YouTube “Stories” funksiyasini endi qo’llab-quvvatlamasligini e’lon qildi. Joriy yilning 26-iyunidan boshlab foydalanuvchilar ilovada yangi videolarni joylashtira olmaydilar va mavjud postlar e’lon qilinganidan yetti kun o’tib o'chib ketadi.

“Stories” birinchi marta 2017-yilda "Reels" nomi ostida paydo bo’lgan edi. Avval boshida ushbu qisqa videolar funksiyasi auditoriyasi 10 ming kishidan oshgan foydalanuvchilar uchungina mavjud bo'lgan. Kontent muallifi suratga olingan yoki o’z hayoti haqidagi kichik videolarni nashr etishi, ularni obunachilar bilan baham ko'rishi mumkin bo’lgan va bir qancha vaqt o'tgach, ular tiklash imkoniyatisiz o'chib ketgan.

Ushbu funksiya bloggerlar orasida mashhurlikka erisha olmadi, hatto YouTube'ning o'zi ham uning targ'ibotiga yetarlicha e'tibor qaratmadi.

Ma'lum qilinishicha, "Stories" o’chirilganidan keyin ham kontent yaratuvchilari "Hamjamiyat" sahifasidagi postlar hamda "Shorts" formati orqali o’z obunachilari bilan video almashishlari mumkin bo’ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62609 | Инструменты