Huawei 1
Zelenskiy: «Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak»

Ukraina prezidenti Rossiya tomonining halok bo‘lganlar jasadini yig‘ib olish uchun 2-3 kunga o‘t ochishni to‘xtatish taklifini tanqid qildi.

«Ular halok bo‘lganlar jasadini jang maydonidan olib ketish uchun ikki-uch kunlik sulhga tayyor. Men ularni ahmoqlar deb hisoblayman. Sulh aynan o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak. Ya’ni, siz kayfiyatni ko‘rayapsiz – ular uchun bu urushda faqat qisqa tanaffus masalasi», — deydi Vladimir Zelenskiy.

Ukraina prezidenti AQShni sulhga erishish uchun Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimlarini kuchaytirishga chaqirdi, chunki «ular hozircha boshqa yo‘l bilan tushunmayapti».

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya tomonidan taqdim etilgan memorandum matnini hali ko‘rmaganini, biroq Ukraina delegatsiyasi baholariga tayanib, «aftidan, u jiddiy takliflar emas, balki ultimatumlar o‘z ichiga olgan»ini ta’kidladi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar davomida RF Ukrainaga frontning alohida hududlarida o‘t ochishni «ikki-uch kunga» to‘xtatish taklifini berganini ma’lum qildi. Bu komandirlar halok bo‘lganlar jasadlarini olib ketishlari uchun kerak. Medinskiy buni issiq havo va «kulrang hududdagi sanitariya holati» bilan izohladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты