Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan telefon orqali muloqot qildi. U Zelenskiyga Buyuk Britaniya G20 davlatlari bilan birgalikda Qora dengizdagi “Rossiya don blokadasini yengishda” muvaffaqiyatga erishishini aytdi.
Britaniya bosh vaziri vakilining so’zlariga ko’ra, suhbat chog’ida Ukraina prezidenti qarshi hujum va “hozirgi harbiy ehtiyojlar” haqida gapirgan, bosh vazir esa unga “Buyuk Britaniya doimiy ravishda qo’llab-quvvatlashini va’da qilib, Ukraina qurolli kuchlarini jang maydonidagi muvaffaqiyatlari uchun olqishlagan”.
"Bosh vazir G20 mamlakatlari bilan Rossiya blokadasini chetlab o'tish va zaif mamlakatlarning muhim don ta'minotiga ega bo'lishini ta'minlash uchun ishlarni faollashtirish majburiyatini oldi", deyiladi xabarda.
O’z navbatida, Vladimir Zelenskiy Telegram kanalida Buyuk Britaniya bosh vaziri bilan jang maydonidagi vaziyat va mudofaa sohasidagi hamkorlik, shuningdek, “Ukrainaning navigatsiya erkinligi va oziq-ovqat xavfsizligini himoya qilishga qo’shgan hissasi”ni muhokama qilganini yozdi.
“Ko’p ishlar qilindi. Ammo Odessa viloyatini himoya qilish uchun havo mudofaasini kuchaytirish bilan biz bundan ham ko’proq narsani qila olamiz. Biz kuzda bo’lib o’tadigan muhim xalqaro tadbirlar oldidan pozitsiyalarni tayyorlab, muvofiqlashtirmoqdamiz”, dedi Ukraina prezidenti.
Eslatib o’tamiz, Rossiya 18-iyul kuni g’alla bo’yicha kelishuv shartlarini bajarmagani uchun undagi ishtirokini to’xtatdi. 4-sentabr kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashuvdan so’ng Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinganidan keyin kelishuvni amalga oshirishga qaytishga tayyorligini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60910 | Инструменты