Rossiyaga bosim «hali yetarli emas» va Rossiyaning Ukrainaga har kungi zarbalari buni isbotlamoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 6 aprel, yakshanba kuni Telegramʼda bunga ishonch bildirdi.
Ukraina rahbari Kiyevga ballistik zarbalar berilganini, Kiyev viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan berilgan zarbalar, Mikolayiv, Sumi, Xarkiv, Xmelnitskiy va Cherkassk viloyatlariga qilingan hujumlarni esladi. «Havo hujumlari soni ortib bormoqda. Rossiya o‘zining haqiqiy niyatini mana shunday ko‘rsatmoqda — dunyo imkon berguncha terrorni davom ettirish», — deya ta’kidladi Zelenskiy.
O‘tgan haftada Ukrainada 1460 dan ortiq boshqariladigan havo bombalari, qariyb 670 ta hujumkor uchuvchisiz uchoqlar va 30 dan ortiq turli turdagi raketalar uchirildi, ularning yigirmadan ortig‘i 6 aprelga o‘tar kechasi uchirilgan. «Ular (Rossiya qurolli kuchlari) o‘yin maydonchalarida o‘ynayotgan bolalarga qarshi kurashmoqda», — deb yozdi Ukraina prezidenti Rossiyaning Kriviy Rigga bergan zarbalari, hujum natijasida kamida to‘qqiz nafar voyaga yetmaganlar halok bo‘lganini nazarda tutib.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41002 | Инструменты