Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kaxovka GESi qulashi sababli Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 80 ga yaqin aholi punktlari sel zonasida qolgan.
“Xavfli hududlardan evakuatsiya qilish, Kaxovka suv ombori orqali suv bilan ta’minlangan barcha shahar va qishloqlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi”, deb yozadi u o’zining Telegram sahifasida.
Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiyani GESni portlatganlikda ayblab, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishida “Rossiyani javobgarlikka tortish uchun” xalqaro va xavfsizlik choralari majmui kelishilganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o’tamiz, bugun, 6-iyun kuni Xerson viloyatida Kaxovskaya gidroelektr stansiyasining yuqori qismi vayron bo‘ldi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to'g'onini portlashiga munosabat bildirdi. Novaya Kaxovka ma'muriyati rahbari Vladimir Leontiyev buning sabab otishma ekanligini aytgan. Ukraina nazorati ostidagi ushbu hududda zudlik bilan evakuatsiya e’lon qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51214 | Инструменты