Huawei 1
BAAda ajrashish uchun rekord miqdorda tovon puli belgilandi

Abu Dabi fuqarolik oilaviy sudi ajralish ishi bo‘yicha misli ko‘rilmagan qaror chiqardi. Moliyaviy kelishuv doirasidagi tovon puli miqdori 100 million dirhamni (27 mln dollardan ortiq) tashkil etdi. Bu Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun mutlaq rekord hisoblanadi.

Ushbu nikoh Buyuk Britaniyada rasmiylashtirilgan bo‘lib, er-xotin ajrashish uchun Abu Dabi sudiga murojaat qilgan. Sud arizani atigi uch haftadan kamroq vaqt ichida, bitta majlis davomida, 2021-yilda qabul qilingan 14-sonli Fuqarolik nikoh qonuni asosida ko‘rib chiqqan.

Mazkur qonun musulmon bo‘lmagan muhojirlar o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarni tartibga soladi. U aybsiz ajrashish, vasiyatnoma tuzish va meros masalalarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy kelishuvga Buyuk Britaniyaning yetakchi yuridik firmalaridan biri ishtirokida erishilgan.

Abu Dabi fuqarolik oilaviy sudi mintaqada arab va ingliz tillarida ish yuritadigan yagona sud bo‘lib qolmoqda. Sud xodimlari Britaniya yuridik standartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51218 | Инструменты