Ushbu sana – tabiatni asrash va barqaror rivojlanishni ta'minlashda ta’limning o‘rni muhim ekanligini ta’kidlash uchun muhim sababdir.
O‘zbekistonda ekologik ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatda ta’limga tizimli yondashuvlar faol joriy etilmoqda. 10 mingdan ortiq maktabda 32 mingta ekologik-biologik to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ularda qariyb yarim million o‘quvchi ishtirok etmoqda. 5 200 maktabda maxsus “ekologik burchaklar” faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lgan “Green University” bu borada alohida o‘rin egallaydi — u ekologik muammolarning ilmiy yechimlariga yo‘naltirilgan universitetdir. Uning tarkibida ekologiya, barqaror rivojlanishni boshqarish, ekologik huquq va ekologiyada raqamlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan ilmiy-tadqiqot institutlari va kollejlar faoliyat yuritmoqda. Universitet nafaqat talabalarga ta’lim bermoqda, balki ilmiy loyihalar va xalqaro tashabbuslarni faol amalga oshirmoqda.
Har yili ekologik ta'lim ko‘lami kengayib bormoqda. Bolalar bog‘chalarida “ekologik koridorlar” joriy etilishi, sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha dasturlar ishga tushirilishi va hududlarda “yashil” texnikumlar ochilishi rejalashtirilgan. Bularning barchasi – atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyatini chuqur anglab yetadigan va uni himoya qilishga tayyor bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishga qaratilgan muhim qadamlardir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51218 | Инструменты