Zelenskiy Qrimni qaytarishni talab qilmoqda
Ukraina prezidenti dushanba kuni yetti yil oldin Rossiya tomonidan qo’shib olingan Qrimni qaytarish uchun qo’lidan kelgancha harakat qilishga va’da berdi, hamda xalqaro hamkorlarni ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.
U o’z murojaatini Qrim Platforma Sammiti nomini olgan tadbirda yo’lladi. Shu bilan birga, Zelenskiy barchani Rossiya nisbatan bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
Rossiyaning G’arb bilan munosabatlari aynan Qrim mojarosidan so’ng o’zining eng quyi pallasiga tushib ketdi va bugungi kunda Sovuq Urushi davrlarini eslatadi. Zelenskiyning so’zlariga ko’ra, Rossiya Qrimni “harbiy bazaga” aylantirgan. “Ushbu hudud orqali Rossiya o’zining Qora dengizdagi harbiy salohiyatini kuchaytirishni niyat qilgan”, dedi Ukraina prezidenti
Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты