Huawei 2
Zelenskiy rossiyaliklarni jinoiy safarbarlikka bo‘ysunmaslikka chaqirdi

Ukraina prezidenti 25-sentabr kuni Dog‘istonda safarbarlikka qarshi bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarini rus tilida izohladi. Vladimir Zelenskiy urushning 214-kuni yakunlari bo'yicha o'z murojaatining bir qismini shu masalaga bag'ishladi.

“Ko‘rib turibmiz odamlar, xususan Dog‘istonda o‘z hayotlari uchun kurasha boshladilar. Ko‘rib turibmiz ular bu savol o‘z hayotlari bilan bog‘liqligini tushuna boshladilar. Nega ularning erlari, ukalari, o‘g‘illari bu urushda halok bo‘lishi kerak? Faqatgina bir kishi xohlayotgan urushda. Xalqimizga qarshi, yurtimizni yerlaridagi urushda. U o’z bolalarini urushga yubormayapti-ku!

Farzandlaringizni o'limga yuborilmasligi uchun kurashing. Chunki farzandlarimizning jonini olishga kelsangiz, men sizga ota sifatida aytaman, sizni tirik qo‘yib yubormaymiz”, - dedi prezident.

Ukraina rahbari yana safarbarlikka bo‘ysunmaslikka, harbiy xizmatdan qochishga yoki birinchi imkoniyatda Ukrainaga asirlikka tushishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga