Huawei 1
Zelenskiy Ukraina hududi evaziga NATOga a’zo bo'lishdan bosh tortdi

Ukraina NATOga faqat 1991-yildagi xalqaro tan olingan chegaralari doirasida taklif qilinishini istaydi, shuningdek, Rossiya foydasiga bosib olingan hududlar evaziga NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tayanib, “Strana.ua” xabar berdi.

Biz buni muhokama qilmaymiz. Lekin, mening fikrimcha, ommaviy axborot vositalariga bu ma’lumotlar tasodifiy tarqatilmagan. Ehtimol, ba’zi hamkorlarimizda shunday fikrlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli ular bu masalani men bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilishmayapti, balki ommaviy axborot vositalari orqali, shubhasiz, uning qay darajada qabul qilinishini sinab ko‘rmoqda. Menimcha, hamma narsa Ukraina jamiyatiga bog‘liq, dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy aynan urush tugaguncha NATOga a’zolik borasida taklif olishni xohlashi, chunki bu xalqaro tan olingan chegaralar doirasida berilishini aytdi. Shuningdek, siyosatchi “bizning yo‘limiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar”, yuridik jihatdan “hech kim okkupatsiya qilingan hududlarni boshqa davlatlar hududi sifatida tan olmasligini” bildirdi. U NATOga a’zolik shartlari va muddati bo‘yicha “turli formatlar bo‘lishi mumkin”ligini aytdi.

Zelenskiy urushning qizg‘in bosqichini yakunlash uchun birinchi qadam o‘zaro energetika infratuzilmasi obyektlariga hujum qilishni to‘xtatish ekanini ta’kidladi.

Boshqacha aytganda, biz ularning energetika infratuzilmasiga hujum qilmaymiz, ular biznikiga hujum qilmaydi, dedi u.

Ukraina prezidenti bunday kelishuv eskalatsiyani pasaytirish yo‘lida “muhim qadam” bo‘lishini xulosa qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102314 | Инструменты