Huawei 1
Zelenskiy: Ukrainada birorta ham Patriot havo mudofaa tizimlari yo‘q qilinmagan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaga topshirilgan barcha Patriot zenit-raketa majmuasi ishlayotganini aytdi.

"Rossiyada kim bizning Patriotlarimiz yo’q qilindi, deb aytmasin, ularning hammasi bor, hammasi ishlaydi" - dedi u.

16-may, juma kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevdagi “Patriot” havo hujumidan mudofaa tizimi “Kinjal” gipertovush tizimidan yuqori aniqlikdagi zarbaga uchraganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari oltita Kinjal raketasini urib tushirganini ma’lum qildi, ammo, Patriotga zarba berilgani haqida hech qanday xabar berilmadi.

Eslatib o’tamiz, 30-may kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakat Qurolli kuchlari Kiyevda joylashgan “Patriot” zenit-raketa kompleksiga zarba berganini ma’lum qildi.

Dekabr oyida prezident Vladimir Putin Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari yetkazib berilsa, Rossiya ularni yo’q qilishini aytgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60911 | Инструменты